Franco Baresi
|
Baresi Milan tarkibida (1979-yil) | ||||||||||||||||||||||
| Shaxsiy maʼlumot | ||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Franco Baresi[1] | |||||||||||||||||||||
| Tavallud sanasi | 8-may 1960-yil | |||||||||||||||||||||
| Tavallud joyi | Travagliato, Breshiya, Italiya | |||||||||||||||||||||
| Vafot sanasi |
31-iyul 2026-yil (66 yoshda) | |||||||||||||||||||||
| Vafot joyi | Rozzano, Milan, Italiya | |||||||||||||||||||||
| Boʻyi | 1.76 m | |||||||||||||||||||||
| Ampluasi | Markaziy himoyachi | |||||||||||||||||||||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | ||||||||||||||||||||||
| 1972–1977 | AC Milan | |||||||||||||||||||||
| Professional faoliyati* | ||||||||||||||||||||||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) | |||||||||||||||||||
| 1977–1997 | AC Milan | 532 | (16) | |||||||||||||||||||
| Milliy terma jamoa | ||||||||||||||||||||||
| 1979–1982 | Italiya U21 | 18 | (2) | |||||||||||||||||||
| 1983–1984 | Italiya olimpiya | 10 | (0) | |||||||||||||||||||
| 1982–1994 | Italiya | 81 | (1) | |||||||||||||||||||
| Boshqargan klublari | ||||||||||||||||||||||
| 2002–2006 | AC Milan Primavera | |||||||||||||||||||||
| 2006–2008 | Milan Primavera (Berretti) | |||||||||||||||||||||
Medallar
| ||||||||||||||||||||||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | ||||||||||||||||||||||
Franco Baresi[1] (Franchino Baresi;[2][3][4] 1960-yil 8-may — 2026-yil 31-iyul) — italiyalik futbolchi va murabbiy. U asosan libero yoki markaziy himoyachi sifatida oʻynagan va oʻzining 20 yillik faoliyatini toʻliq A Seriyaning „Milan“ klubida oʻtkazib, 15 mavsum davomida jamoaga sardorlik qilgan. Barcha davrlarning eng buyuk himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Baresi „World Soccer“ jurnalining XX asrning 100 nafar eng zoʻr futbolchisi roʻyxatida 9-oʻrinni egallagan[5]. Franco „Milan“ safida uch marta Yevropa kubogi/UEFA Chempionlar ligasi chempionligini, oltita A Seriya sovrinini, toʻrtta Italiya Superkubogini, ikkita Yevropa Superkubogini va ikkita Qitʼalararo kubokni qoʻlga kiritgan.
Franco Italiya terma jamoasi safida 44 yillik tanaffusdan soʻng, 1982-yilgi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan tarkib aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, 1990-yilda oʻz vatanida oʻtkazilgan Jahon chempionatida ham ishtirok etib, jamoasini turnirda uchinchi oʻringa olib chiqqan va musobaqaning ramziy terma jamoasidan oʻrin olgan. 1994-yilgi Jahon chempionatida esa Italiya sardori sifatida finalga qadar yetib borgan tarkibda boʻlgan, biroq Braziliya kubokni boshi uzra koʻtargan oʻyindan keyingi penaltilar seriyasida oʻz zarbasini noaniq amalga oshirgan. Bundan tashqari, Barezi Italiya sharafini 1980 va 1988-yillardagi UEFA Yevropa chempionatida hamda 1984-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida himoya qilgan va har bir musobaqada jamoasi bilan yarim finalgacha yetib borgan.
Sobiq futbolchi Juzeppe Baresining ukasi, yoshligida Milanning katta jamoasiga qoʻshilganidan soʻng, Franco Baresi dastlab „Piscinin“ laqabini olgan. Oʻzining mahorati va muvaffaqiyati tufayli u keyinchalik „Kaiser Franz“ nomi bilan tanildi, bu hamkasbi Franz Beckenbauerga ishora edi[6]. 1999-yilda u Milanning asrning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 1997-yilda „Milan“dagi soʻnggi mavsumidan soʻng, klub Baresining 6-raqamli futbolkasini alohida saqlashga qaror qilingan[7]. U 2004-yilda FIFAning yuz yillik taqdirlash marosimida Pele tomonidan 125 ta eng buyuk tirik futbolchilardan biri deb topilgan[8]. Baresi 2013-yilda Italiya futboli shon-shuhrat zaliga kiritilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 „Gazzetta Ufficiale Cambiamento di nome“ (Italian). gazzettaufficiale.it.
- ↑ „Baresi Sig. Franchino“ [Baresi Mr. Franchino] (it). Quirinale. Presidenza della Repubblica Italiana. 2020-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
- ↑ „Baresi: "Mondiale? L'Italia deve avere fiducia" – 3 Dicembre 2013“ [Baresi: "World Cup? Italy must have confidence" – December 3, 2013] (it). Italian Football Federation (2013-yil 4-dekabr). 2026-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 7-aprel.
- ↑ „Franco Baresi compie 60 anni: la sua partita della vita contro il Brasile a Usa 94“ [Franco Baresi turns 60: his match of a lifetime against Brazil at USA 94] (it). la Repubblica (2020-yil 9-may). Qaraldi: 2026-yil 7-aprel.
- ↑ „World Soccer 100 Players of the Century“. Qaraldi: 2014-yil 25-iyul.
- ↑ „Storie di Calcio: FRANCO BARESI – Calcio, tackle e fantasia“ (it). Storie di Calcio. 2014-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-aprel.
- ↑ „Franchino (detto Franco) BARESI (II)“ (it). magliarossonera.it. Maglia Rossonera. 2019-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-aprel.
- ↑ „Pele's list of the greatest“. BBC Sport (2004-yil 4-mart). 2010-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Franco Baresi“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Franco Baresi AC Milan saytida
- Franco Baresi – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- Franco Baresi – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- Franco Baresi TuttoCalciatori.net saytida (italyancha)
- Franco Baresi Olympics.comda
- Franco Baresi Olympedia saytida
- 2009 Interview at fourfourtwo.com
- Franco Baresi IMDbda
- 8-mayda tugʻilganlar
- 1960-yilda tugʻilganlar
- Travagliatoda tugʻilganlar
- 31-iyulda vafot etganlar
- 2026-yilda vafot etganlar
- Rozzanoda vafot etganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Italiyalik erkak futbolchilari
- Erkaklar futbolidagi liberolar
- Serie A futbolchilari
- Serie B futbolchilari
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Italiya erkaklar terma jamoasi futbolchilari
- UEFA Yevro 1980 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 1988 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 1982 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 1990 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 1994 oʻyinchilari
- 1984-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar
- Futbol boʻyicha jahon chempionlari
- Italiyalik futbol murabbiylar
- FIFA 100
- Milan klubiga aloqador shaxslar
- Fulham F.C. klubiga aloqador shaxslar
